Samsung yangi Galaxy M seriyali smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra Samsung ertaga Hindistonda Galaxy M04 modelini taqdim etadi.
Telefonning Amazon veb-saytidagi sahifasida aytilishicha, Samsung Galaxy M04 Hindistonda 9 dekabrda sotuvga chiqariladi va ko'k va yashil ranglarda taqdim etiladi. Telefon tomchi shaklidagi ekran dizayni, qo'sh kamera, 8 Gb tezkor xotira (shu jumladan virtual xotira) va 128 Gb ichki flesh xotiraga ega bo'ladi.
Samsung Galaxy M04 Google Play Console maʼlumotlar bazasida paydo boʻldi, u HD+ oʻlchamli displeydan foydalanishini va One UI 4.1 bilan Android 12 operatsion tizimida ishlashini tasdiqladi.
Samsung Galaxy M04 sakkiz yadroli MediaTek Helio G35 bir chipli tizim, o‘rnatilgan 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 15 vatt quvvatni qo‘llab-quvvatlash bilan jihozlanishi kutilmoqda.
Rasmiy afishada aytilishicha, Samsung Galaxy M04 narxi 8999 rupiy yoki 109 dollardan oshmaydi.