Apple o'zining 34-yillik butunjahon dasturchilar konferensiyasi (WWDC 2023) 5-iyun dushanbadan, 9-iyun jumagacha bo'lib o'tishini rasman tasdiqladi. Tadbir barcha ishlab chiquvchilar uchun bepul bo'ladi. Apple ishlab chiquvchilarga WWDC-da taqdim etilgan yangi xususiyatlar va dasturiy ta'minot haqida ma'lumot olish imkonini beradigan turli xil onlayn sessiyalarni o'tkazadi. Shuningdek, Apple 19 aprelgacha arizalarni qabul qiladigan an'anaviy Swift Student Challenge o'tkazadi.
WWDC 2023 yana onlayn tarzda o'tkazilishiga qaramay, Apple tanlangan ishlab chiquvchilar va talabalar uchun maxsus tadbir o'tkazishni rejalashtirmoqda, bu tadbir butun kun davom etadi. U 5-iyun kuni Apple Park kampusida bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar asosiy ma'ruzalar va videolarni tomosha qilishlari, ba'zi Apple xodimlari bilan uchrashishlari va Apple Design Awards marosimida ishtirok etishlari mumkin. Apple o'tgan yili xuddi shunday tadbirni o'tkazdi. Kompaniya 5-iyun kuni iOS 17, iPadPS 17, tvOS 17, watchOS 10 va macOS 14 hamda yangi apparat qurilmalarini taqdim etishi kutilmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, bu yilgi tadbir yaqinda xodimlarga taqdim etilgan kengaytirilgan reallik garniturasini nishonlashi mumkin. Yangi Mac Pro va 15 dyuymli MacBook Air ham kutilmoqda.