Ovozli tinglash

Britaniyaning Barclays banki tahlilchisi Tim Longning fikricha, iPhone 15 Pro/Max iPhone 14 Pro/Max’dan qimmatroq bo‘ladi. Long, ma'lumotlar Osiyodagi ta'minot zanjiri kompaniyalaridan olinganligini aytdi.

Shunday qilib, iPhone 15 Pro iPhone 14 Pro’dan 100 dollarga, iPhone 15 Pro Max esa iPhone 14 Pro Max’dan 100-200 dollarga qimmatroq bo‘ladi. Uning fikricha, standart iPhone 15 va iPhone 15 Plus modellari narxlari o‘tgan yilgidek qoladi.

iPhone 15 iPhone 15 Pro Max

AQShda narxlar quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • iPhone 15: $799 (o'zgarishsiz);
  • iPhone 15 Plus: $899 (o'zgarishsiz);
  • iPhone 15 Pro: 1099 dollar (999 dollar edi);
  • iPhone 15 Pro Max: 1299 dollar (1099 dollar edi).

Shu hafta boshida Bloomberg xabar berishicha, Apple iPhone 15 Pro modellarining narxini oshkor etilmagan miqdorga oshirishni ko‘rib chiqmoqda.

Agar Apple standart sxemaga sodiq qolsa, yangi smartfonlar taqdimoti joriy yilning sentabr oyida bo'lib o'tadi.