Ovozli tinglash

Xiaomi Group prezidenti va Redmi brendining bosh menejeri Lu Veybing kompaniya asoschisi Ley Jun bugungi keng ko‘lamli taqdimot oldidan uchta mashq o‘tkazganini ma’lum qildi. Har bir mashq 3 soatdan ortiq davom etdi.

Shuningdek, taqdimot taxminan 3 soat 15 daqiqa davom etishi, yangi qurilmalar taqdim etiladigan sahifalar hajmi esa 480 tani tashkil etishi tasdiqlangan. Bu Xiaomi kompaniyasining eng uzun va eng yirik taqdimoti.

Xiaomi

Ushbu tadbirda Redmi K60 Extreme Edition, Xiaomi Band 8 Pro aqlli soati, Xiaomi Mix Fold 3 buklanuvchi smartfoni va boshqa yangi mahsulotlarning e'lon qilinishi kutilmoqda.

Efir Moskva vaqti bilan 14:00 da boshlanadi.