Hindistonda Chennaydagi Samsung zavodida ishchilar uchinchi kuni ish tashlashmoqda: ular ish haqini oshirish va ish sharoitlarini yaxshilashni talab qilmoqda. Reuters xabariga ko'ra, Samsungning Janubi-G'arbiy Osiyo bosh direktori JB Park norozilik namoyishini hal qilish uchun zavodga kelgan. Biroq, hozircha qarorlar namoyishchilar foydasiga emas: Samsung 200 kishini ishdan bo'shatishini aytdi — bu korxona ishchi kuchining taxminan 10%.
Sriperumbudurda joylashgan zavod televizorlar, muzlatgichlar va kir yuvish mashinalarini ishlab chiqaradi va Samsungning Hindistondagi yillik daromadining 20% dan 30% gacha (bu taxminan 12 milliard dollarni tashkil qiladi). Korxona mobil qurilmalarni ishlab chiqarmaydi, shuning uchun ish tashlash smartfon ishlab chiqarishga ta'sir qilmaydi.
Ishdan bo'shatilganlarga o'z shartnomasi bo'yicha uch oylik ish haqi va har bir xizmat yili uchun oylik ish haqi miqdorida ishdan bo'shatish to'lovi taklif etiladi. Samsung kompaniyasining Chennaydagi ish haqi bozordagi o'rtacha ko'rsatkichdan ancha yuqori.