Samsung kompaniyasining Hindistondagi vakolatxonasi katta vitse-prezidenti Raju Pullanning ETTelecom’ga aytishicha, Hindistonda 24 soat ichida Galaxy S23 telefonlari 140 mingga yaqin oldindan buyurtma berilgan. Nashrning qayd etishicha, bu xuddi shu davrda Galaxy S22’ga buyurtma qilinganidan ikki barobar ko‘pdir.
Buyurtmalarning pul ko‘rinishida hajmi haqida ma’lumot berilmagan, biroq Hindistonda Galaxy S23’ning o‘rtacha narxi 1200 dollarni tashkil etganini hisobga oladigan bo‘lsak, jami taxminan 168 million dollar bo'ladi.