Internetda "sun'iy intellekt bo'yicha ulkan tajribalarni to'xtatib turish: ochiq xat" deb nomlangan petitsiya paydo bo'ldi, unda GPT-4 kabi turli ilg'or sun'iy intellekt tizimlarini o'qitishni bir muddat to'xtatib turish kerakli haqida yozilgan. Murojaatni Ilon Mask, Stiv Voznyak va yana 1000 ga yaqin AI mutaxassislari imzoladilar.
Sun'iy intellekt xavfsizligi protokollarini ishlab chiqish va standartlashtirish uchun pauza kerak — ko'pchilik GPT-4 kabi tizimlarning juda tez rivojlanishidan va agar sun'iy intellekt to'satdan nazoratdan chiqib ketsa nima bo'lishidan qo'rqishadi. "Biz barcha AI laboratoriyalarini GPT-4 dan kuchliroq AI tizimlari bo'yicha treningni kamida 6 oyga darhol to'xtatishga chaqiramiz. Ushbu tanaffus ommaviy ravishda e'lon qilinishi kerak, uning bajarilishi tekshirilishi va sanoatning barcha asosiy ishtirokchilarini qamrab olishi kerak. Agar bunday pauza qisqa vaqt ichida amalga oshirilmasa, hukumatlar aralashishi va moratoriy qo'yishi kerak", deyiladi ochiq maktubda. Shuningdek, imzoluchilar davlat darajasida sun'iy intellekt tizimlari odamlari uchun xavfsizlikni kafolatlaydigan yangi tartibga soluvchi va nazorat tizimlarini yaratishni taklif qilmoqdalar.