Tarmoq bir necha bor bo‘lajak Google Pixel 8 va Pixel 8 Pro smartfonlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgan. Shunday qilib, taxminan bir hafta oldin taniqli insayder Yogesh Brar kichik modelning asosiy xususiyatlari va narxini oshkor qilib va endi u eski modelning xususiyatlari va chiqarilish sanalari haqida ma'lumotni e'lon qildi. Manbaga ko‘ra, smartfon 6,7 dyuymli QHD+ va 120 Gets yangilanish tezligiga ega LTPO OLED sensorli ekran, maxsus Titan xavfsizlik chipiga ega Google Tensor G3 chipi, 12 GB operativ xotira, 128 yoki 256 GB ichki xotira va 4950 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 27 Vt simli tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy kamera moduli uchta sensordan iborat: optik tasvir barqarorligi bilan 50 MP, ultra keng burchakli 64 MP va telefoto linzali 48 MP. O‘tgan ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy sensor Samsung ISOCELL GN2, ultra keng sensori Sony IMX787, telefoto esa ISOCELL GM5 bo‘ladi. Google Pixel 8 Pro’ning boshqa xususiyatlari qatorida Yogesh Brar infraqizil harorat sensori va ultratovushli displeydagi barmoq izi skaneri haqida gapirdi. Shuningdek, u smartfon Android 14 operatsion tizimida ishlashini aytdi. Insayder flagmanning chiqarilishi oktyabr oyida bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
Yogesh Brar avvalroq Redmi A1, Pixel 7 va Pixel 7 Pro smartfonlarining texnik tavsiflari va iQOO Z6 Lite 5G, birinchi Qualcomm Snapdragon 4 Gen 1 smartfonining jonli suratlari kabi ko‘plab tasdiqlangan ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. .