Yaqinda iPhone 13 chiqqaniga bir yil bo'ladi, ishqibozlar allaqachon iPhone 14 chiqishini kutishmoqda, ammo iPhone 13 sotuvi hali ham juda yuqori darajada.
Canalys tomonidan e'lon qilingan 2-chorak smartfon savdosi bo'yicha so'nggi hisobotda aytilishicha, global sotuvlar 9 foizga kamaygan va Apple'ning bozor ulushi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga oshib, 17 foizga yetgan. Canalys tasdiqlaydiki, bu iPhone 13 ga eng yuqori talab bilan bog‘liq.
Aprel oyida Canalys kompaniyasi butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli Apple savdosi 8 milliard dollarga qisqarishi mumkinligi haqida bashorat qilgan edi. Shunga qaramay, iPhone 13 ning barqaror sotuvi, hech bo'lmaganda mobil telefonlar bo'limida Apple bilan hamma narsa tartibda ekanligini tasdiqlaydi. Boshqa bo'limlarda sotuvlar qanday bo'lishini Apple moliyaviy hisoboti, 28 iyul kuni e'lon qilinganidan keyin bilib olamiz.
Samsung 21% ulushi bilan jahon smartfon bozorida hamon yetakchi bo‘lsa-da, 3 foiz punktga pasaygan. Eng ko'p sotiladigan modellar - o'rta va past narx segmentidagi Galaxy A smartfonlari.
Eng yaxshi ishlab chiqaruvchilar beshligi mos ravishda 14%, 10% va 9% ulushga ega Xiaomi, OPPO va Vivo boʻldi.