Ovozli tinglash

JP Morgan Chase ma'lumotlariga ko'ra, iPhone 15 yetkazib berish muddati sezilarli darajada yaxshilangan, biroq bozorda hali ham yetishmovchilik mavjud.

Jahon bozorida o‘rtacha yetkazib berish muddatiga kelsak, iPhone 15 va iPhone 15 Plus smartfonlari uchun bu 17 kunni tashkil qiladi. Shu bilan birga, iPhone 15 Pro’ni yetkazib berish muddati 29 kungacha, iPhone 15 Pro Max’ni yetkazib berish muddati esa 46 kungacha qisqartirildi.

iPhone 15 Pro

AQSh bozorida iPhone 15 Pro’ni yetkazib berish muddati 54 kundan 28 kunga, iPhone 15 Pro Max’ni yetkazib berish muddati esa 61 kundan 35 kunga qisqartirildi. Xitoy bozorida iPhone 15 va iPhone 15 Plus uchun muddat 21 kun, iPhone 15 Pro uchun – 29 kun, iPhone 15 Pro Max uchun – 43 kun.

Avvalroq BMW simsiz zaryadlashdan foydalanish tufayli NFC moduli ishlamay qolgan yangi iPhone 15 Pro va 15 Pro Max’ni buzgani ma’lum bo‘lgan edi.