Ovozli tinglash

Xiaomi kompaniyasi Mijia Smart Audio Glasses Pilot Style aqlli audio koʻzoynaklarining chiqarilishini eʼlon qildi, ular 12 apreldan 26 aprelgacha birlashtirilgan moliyalashtirish platformasida 115 dollarga taklif etiladi.

Ko‘zoynaklar zamonaviy va ergonomik bo‘lib ishlab chiqilgan va og‘irligi bor-yo‘g‘i 38,1 g. Ular qo‘sh mikrofon, uzoq batareya quvvati va sensorli boshqaruv bilan sun’iy intellekt yordamida qo‘ng‘iroq payti ortiqcha shovqinlarni kamaytirish imkonini beradi.

Ko‘zoynak yetti soatgacha uzluksiz gaplashish yoki o‘n soatgacha uzluksiz musiqa eshtish imkonini beradi. Ikkala tomonda ham 30 mm uzunlikdagi sensor joylari mavjud, bu esa ko'zoynakni ikkala qo'l bilan boshqarish imkonini beradi. Ovozli yordamchilarni uzoq bosish orqali yoqish mumkin.

Mijia aqlli audio ko'zoynaklari ikkita qurilmaning(gadjetning) bir vaqtning o'zida ulanishini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa foydalanishni yanada qulayroq qiladi. Ular ko'zoynakni qidirish funksiyasi bilan jihozlangan va chang va namlikdan himoya qiladi (IP54).