Kanadada olimlar ultratovush yordamida homiladagi tug'ma nuqsonlarni aniqlash uchun sun'iy intellektdan foydalanganlar.
Plos One nashrining yozishicha, Ottava universitetida olimlar birinchi marta homila ultratovush tekshiruvida yordamchi element sifatida sun’iy intellektdan foydalangan. Mutaxassislar shu tarzda tanadagi tug'ma nuqsonlarni aniqlashga harakat qilishdi.
Ma`lum qilinishicha, olimlar sun`iy intellekt kuchidan organizmning limfa-tomir tizimida anormallikni keltirib chiqaradigan embriondagi xastalik bo'lgan kista gigromasini aniqlashda foydalanishni rejalashtirgan.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bu usul ultratovush yordamida boshqa tug'ma kasalliklarni topishga imkon beradi.