Yaqinda Xiaomi Group kompaniyasining xalqaro bozordagi yangi prezidenti etib tayinlangan Lu Veybing yangi byudjetli Redmi K60 Pro smartfonining kamerasi bilan olingan bir nechta suratlarni e’lon qildi.
Eslatib o'tamiz, Redmi K60 Pro 1 / 1,49 dyuymli optik formatga ega 50 megapikselli Sony IMX800 tasvir sensorini oldi, u juda tez yuqori sifatli tasvirlarni yaratish uchun Xiaomi Imaging Brain 2.0 tasvirni qayta ishlash tizimi bilan birgalikda ishlaydi.
Redmi K60 Pro bir chipli Snapdragon 8 Gen 2 tizimi, 120 Gerts chastotali 2K AMOLED-ekran, LPDDR5X operativ xotira va UFS 4.0 flesh-xotirasi bilan jihozlangan. Redmi K60 Pro 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorni oldi, u adapter yordamida 19 daqiqada to‘liq quvvatlanadi. 30 Vatt simsiz zaryadlash ham qo'llab-quvvatlanadi.
Smartfon allaqachon Xitoyda sotuvga chiqarilgan.