Ovozli tinglash

Samsung Electronics endi to'rt yil oldin debyut qilgan flagman Galaxy S10 smartfonlari va arzon narxlardagi Galaxy A50 uchun dasturiy ta'minot yangilanishlarini chiqarmaydi. Bu Samsung tomonidan 2023-yil aprel oyida xavfsizlik yangilanishi haqida e'lon qilingan yangi tafsilotlardan ma'lum bo'ldi.

Samsung Galaxy A50 Galaxy S10

Dasturiy ta'minotni yangilash jadvaliga ega Samsung sahifasida endi Galaxy A50, Galaxy S10e, Galaxy S10 va Galaxy S10+ ko'rsatilmagan. Galaxy A50 smartfoni bortida Android 9 bilan chiqarilgan va ikkita asosiy OS yangilanishini olgan: Android 10 va Android 11. Galaxy s10e, Galaxy S10 va Galaxy S10+ esa Android 9 bilan debyut qilindi va uchta asosiy OS yangilanishini oldi: Android 10, Android 11 va Android 12. Ba'zi sabablarga ko'ra istisno Galaxy S10 5G modeli edi. 2019-yil fevral oyida Galaxy S10 liniyasining qolgan a'zolari bilan birga chiqarilganiga qaramay, Galaxy S10 5G versiyasi dasturiy ta'minot yangilanishlarini olishda davom etadi. Shuningdek, 2020-yil boshida debyut qilgan Galaxy S10 Lite ham yangilanishlarni olishda davom etadi.