Samsung-da o'z manbalariga ega bo'lgan taniqli Ice Universe insayderi Samsung Galaxy S23 Ultra uchun katta dasturiy ta'minot yangilanishini e'lon qildi. "Galaxy S23 Ultra uchun navbatdagi yangilanish misli ko'rilmagan bo'ladi, ushbu yangilanish ehtimol may yoki iyun oyining oxirida chiqadi va ko'plab kamera optimallashtirishlarini o'z ichiga oladi", deb yozdi insayder Twitter'da.
Qaysi yangilanishlar ekanligi haqida ma'lumtolar yo'q, ammo turli foydalanuvchilar (ayniqsa AQShda) ko'pincha Samsungning eng yangi flagmanlari, shu jumladan Galaxy S23 Ultra kameralari haqida shikoyat qiladilar. Samsung ba'zi muammolarni oldingi yangilanishlar bilan bartaraf etishga harakat qildi, ammo ba'zi muammolar (masalan, fotosuratda fonni tanlab xiralashtirish bilan) hali ham qayd etilmoqda. Umid qilamizki, katta yangilanish bu g'alati narsalarni butunlay yo'q qiladi.