Bugun Samsung kompaniyasi Galaxy S24 lineykasi uchun Android 15 asosidagi One UI 7.0 (yakuniy versiyasi) yangilanishini tarqatishni qayta tikladi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya bir necha kun oldin dastlabki versiyada aniqlangan jiddiy xato tufayli yangilanish tarqatilishini to‘xtatgan edi. Hozir, ko‘rinishidan, muammo hal qilingan.
Yangilanish allaqachon Janubiy Koreyada mavjud va tez orada boshqa mamlakatlarda ham chiqishi kutilmoqda. Foydalanuvchilar uni S928NKSU4BYD9 yig‘ish raqami orqali aniqlashlari mumkin. Bir necha kunlik kechikish boshqa smartfon modellari uchun One UI 7.0 versiyasining chiqish tezligiga ta’sir qilishi aniq, ammo may oyigacha kamida yana Galaxy Z Fold6 va Galaxy Z Flip6 uchun yangilanish chiqishi kutilmoqda. Asosiysi, dasturiy ta’minotda yangi muhim xatolar paydo bo‘lmasligi kerak.