Mo'g'uliston hukumati SpaceX kompaniyasiga past orbitali sun'iy yo'ldoshlardan foydalangan holda Internet-provayder sifatida ishlash uchun ikkita litsenziya berdi. Bu haqda Reuters Mo‘g‘uliston hukumati xabariga tayanib xabar berdi.
Hukumat e'lonida, shuningdek, Mo'g'ulistondagi millionlab internet foydalanuvchilari Starlink orqali yuqori tezlikdagi ulanishlarga kirishlari mumkinligi aytilgan. “Optik tolali kabel tarmog‘i allaqachon Mo‘g‘uliston bo‘ylab yuqori tezlikdagi internetdan keng foydalanish imkonini beradi, biroq bu [Starlink] texnologiyasi borish qiyin bo‘lgan hududlarda ko‘proq foydalanish imkonini beradi. Keng mamlakatimizda yashab, mehnat qilayotgan chorvadorlar, fermerlar va konchilar butun dunyodan ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘z hayotlarini yaxshilash uchun foydalanishlari mumkin bo‘ladi”, — dedi Raqamli rivojlanish va kommunikatsiyalar vaziri Uchral Nyam-Osor.
Qayd etilishicha, Mo‘g‘uliston hukumati va SpaceX o‘rtasida joriy yilning fevral oyida Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC-2023 ko‘rgazmasi vaqtida mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.