2022-yil oxiridan beri SpaceX har oyda 150 000 Starlink sun’iy yo‘ldosh internet foydalanuvchilarini qo‘shib kelmoqda. SpaceX hozirda 1,5 million obunachiga ega, deb xabar qildi kompaniya Twitter’da.
2023-yilning yanvaridan apreligacha SpaceX 30 ta parvozni amalga oshirdi, jumladan, birinchi Starship, 2 ta Falcon Heavy va 27 ta Falcon 9 uchirilishi.Barcha uchirishlar muvaffaqiyatli bo‘ldi, Starship uchirilgandan 4 daqiqa o‘tgach portlashi kerak edi.
Prognozga ko‘ra, agar SpaceX 2023-yilning o‘rtalariga kelib Starlink sun’iy yo‘ldosh antennalarini ishlab chiqarishni oyiga 500 mingtaga yetkaza olsa, u holda kompaniya 2023-yilning birinchi yarmida 1 million dona, ikkinchi yarmida esa 3 million dona ishlab chiqarishi mumkin.