Qozog‘istonda qishloq maktablari SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanishni boshladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Alixan Smailov raisligida o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Joriy yilning oktabr oyida dastlabki 10 ta maktab test rejimida ulandi, ushbu tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tezligi 200 Mbit/s ga yetdi. Mamlakat hukumati chekka aholi punktlarida joylashgan 2000 ta ta’lim maskanida Starlink yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlashni rejalashtirmoqda.
Qozogʻiston bosh vaziri, shuningdek, 2025-yil oxirigacha respublika ahamiyatiga molik barcha shaharlar va viloyat markazlarida 5G tarmogʻini joriy etish boʻyicha ishlar yakunlanishi kerakligini taʼkidladi. Shu bois “keraksiz maʼmuriy toʻsiqlarni tezda bartaraf etish va aholini yuqori sifatli yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash” zarur.