Apple asoschisi Stiv Djobsning 24 yoshli qizi Yeva Jobs iPhone 14 haqidagi fikrini keskin o'zgartirdi, The Strategist nashriga bergan yangi intervyusida u iPhone 14 ni daho gadjet deb atadi.
Qisqacha aytaman. Bu ijodkorlik vositasi va estetik dizaynning eng yaxshi asari. Bu bizning hayotimizni va qanday yashashimizni o'zgartirdi. Oddiy qilib aytganda, bu daho.
Yeva Jobs
O'tgan yili iPhone 14 taqdimot tadbiridan so'ng, Yeva Jobs ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 14 ning iPhone 13 bilan o'xshashligini masxara qilgan postini joylashtirgan edi.