Tashqi ekran 2520x1080 pikselli va 120 gerts chastotali 6,53 dyuymli OLED-matritsaga ega. Ichki LTPO OLED displey 8,03 dyuymli diagonali 2160x1916 pikselli va 120 gerts chastotasiga ega.
Vivo X Fold flagman Snapdragon 8 Gen 1 protsessoriga asoslangan. Shuningdek, qurilma 12 gigabayt operativ xotira va 256 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ldi. Qurilmaning orqa tomonida 50, 48 va 12 megapiksel linzali asosiy kameralar joylashgan. Telefon 5000 milliamper-soat batareya bilan chiqdi.
12 gigabayt operativ xotira va 256 gigabayt ichki xotiraga ega qurilmaning asosiy versiyasining narxi 8999 yuanni tashkil etadi(16 070 780 so'm). 512 gigabayt ichki xotiraga ega versiya 9999 yuanga (17 856 621 so'm) baholangan. Gadjet sotuvi Xitoyda boshlanadi.
Avvalroq Counterpoint ekspertlari 2021-yilda qimmatbaho smartfonlar savdosi rekord darajaga yetganini ma’lum qilgandi. Ushbu segment global telefon savdosining 27 foizini tashkil etdi.