Ovozli tinglash

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask tez orada audio va video qo‘ng‘iroqlarni taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda milliarder o‘zining o‘sha X.dagi sahifasida yozgan. Unga ko‘ra, audio va videoqo‘ng‘iroqlar iOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi mobil qurilmalarda, shuningdek, Mac va shaxsiy kompyuterlarda ishlaydi.

Х

Mask o‘z xabarida, shuningdek, X orqali qo‘ng‘iroq qilish uchun abonentning telefon raqami talab qilinmasligini aytib o‘tdi va o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini samarali global manzillar kitobi deb atadi. Eslatib oʻtamiz, 24-iyul kuni Twitter nomi X ga oʻzgartirilgan, domeni x.com ga oʻzgartirilgan, koʻk qush tasviri tushirilgan korporativ logotip qora fonda oq X harfi bilan almashtirilgan edi. Ijtimoiy tarmoqdagi postlar endi “tvitlar” emas, “X” deb nomlanadi.