Istiqbolli flagmani Vivo X90S ikkita mashhur benchmark - AnTuTu va Geekbenchda sinovdan o'tkazildi. Ikkalasida ham qurilma eng yuqori natijalarni ko'rsatdi.
Masalan, AnTuTu-da Vivo X90S 1,65 million ball to'pladi. Na Xiaomi 13 Ultra, na Samsung Galaxy S23 Ultra, na Snapdragon 8 Gen 2-dagi boshqa flagmanlar bunday ishlashga qodir emas. Geekbench 6-da Vivi X90S balli ham ta’sirchan bo‘lib, bitta tizmili sistemada 1,790 ball va ko‘p tizimli sistemada 5,381 ball to'pladi.
AnTuTu 12 GB operativ va 512 GB flesh-xotiraga ega versiyani sinovdan o‘tkazdi, biroq smartfonda boshqa imkoniyatlar ham bo‘ladi. OS - OriginOS 3 interfeysli Android 13. Boshqa xarakteristikalar bo‘yicha Vivo X90S oddiy Vivo X90’dan farq qilmaydi. Ya'ni, u 1,5K AMOLED ekran, 50, 12 va 12 MP ruxsatli datchiklarga ega Zeiss kamerasi, 120 Vt quvvatga ega 4810 mA/soat akkumulyator oladi.