So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Telegram’ni Xitoyda xavfli ilova sifatida belgilab qo‘ygan va uni Xitoyda MIUI smartfonlariga o‘rnatilishini bloklagan.
Xiaomi Telegram’ning xavfliligi nima ekanligini aniq tushuntirmagan bo‘lsa-da, G‘arb OAVlari bu harakat Xitoy hukumatini so‘z erkinligini targ‘ib qiluvchi ilovalarni bloklashda qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingan, deb taxmin qilmoqda.
O‘tgan yili MIUI 13’ning ishga tushirilishi bilan Xiaomi qurilmadagi zararli ilovalarni belgilovchi va hatto ularni o‘rnatishni bloklaydigan xavfsizlik funksiyasini qo‘shdi. Bu hamjamiyatni himoya qilish uchun amalga oshirildi, ammo Xiaomi turli ilovalarni bloklagani uchun tanqidlarga duch keldi.
Endi MIUI Telegram’ni aniqlaganida, ogohlantirish paydo bo‘ladi: “Ilova Xiaomi xavfsizlik tekshiruvidan o‘tmadi. Bu ilova firibgarlikdir va undan foydalanish firibgarlik toʻlovlari yoki asossiz isteʼmol kabi xavflarga olib kelishi mumkin. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ilovalarni xavfsiz saqlash va xavfli ilovalardan himoya qilish uchun xavfsizlik choralarini yoqish tavsiya etiladi."
Avvalroq Iroq Aloqa vazirligi o‘tgan hafta taqdim etilgan Telegram xabar almashish ilovasiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinganini ma’lum qilgandi.
Pavel Durov e'lon qilganidek, bugun Telegram tashkil topganiga 10 yil to'ldi. Shuningdek, u iyul oyida faqat pullik Telegram Premium obunasi egalari uchun paydo bo‘lgan hikoyalarni chop etish imkoniyati asta-sekin barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib borayotganini aytdi.